1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda kreditdan qarzdor fuqaro mashinasidan ayrildi

Endilikda kredit qarzlari qaytarilmasa avtomashina auksion orqali sotuvga qo‘yilishi mumkin.

Andijonda kreditdan qarzdor fuqaro mashinasidan ayrildi

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining qarzdor T.Yu.dan undiruvchi “Asakabank” AJ Andijon filiali foydasiga 254,2 mln so‘m kredit qarzdorligini undirish va undiruvni garovdagi avtotransport vositasiga qaratish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

 

Ijro hujjati talabini o‘z muddatida bajarishi haqida qarzdor ogohlantirilgan va tushuntirish ishlari olib borilgan.

 

Biroq, belgilangan muddatlarda qarzdor tomonidan kredit qarzi to‘lanmaganligi sababli, Byuro xodimlari tomonidan “BYD SONG PLUS” rusumli avtomashina ro‘yxatga olinib, xatlandi.

 

Endilikda kredit qarzlari qaytarilmasa avtomashina auksion orqali sotuvga qo‘yilishi mumkin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика