1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH 19 ta mamlakatning immigratsiya arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

Cheklovlar, asosan, Yaqin Sharq, Afrika va ayrim Osiyo mamlakatlariga taalluqli.

AQSH 19 ta mamlakatning immigratsiya arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati 2 dekabr kuni eʼlon qilgan memorandumga ko‘ra, Vashington milliy xavfsizlikka potensial tahdid sifatida baholagan 19 mamlakat fuqarolari bo‘yicha immigratsiya arizalarini ko‘rib chiqishni vaqtincha to‘xtatdi.

 

Ro‘yxatga, asosan, Yaqin Sharq, Afrika va ayrim Osiyo mamlakatlari kiritilgan: Eron, Sudan, Liviya, Eritreya, Gaiti, Somali, Yaman, Afg‘oniston, Turkmaniston, Chad, Togo, Siyerra-Leone, Myanma, Laos, Kuba va Venesuela.

 

Memorandumga ko‘ra, ushbu davlatlarda tug‘ilgan yoki shu davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslar AQSH fuqaroligi yoki yashil karta olish uchun ariza topshirgan taqdirda qo‘shimcha, kuchaytirilgan tekshiruvdan o‘tadi. Bunda ular bir yoki ikki marotaba qayta suhbatdan o‘tishi, xavfsizlik bo‘yicha kengaytirilgan tekshiruvlarga jalb qilinishi mumkin.

 

Shuningdek, AQSH rasmiylari ushbu mamlakatlar fuqarolariga berilgan ilgari tasdiqlangan immigratsiya hujjatlarini ham qayta ko‘rib chiqishini maʼlum qildi.

 

Ushbu choralar “milliy xavfsizlikka tahdidlarni to‘liq baholash” maqsadida joriy etilgani bildirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика