AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Jeyk Okinkloss amerikalik talabalar aniq fanlar bo‘yicha xitoyliklardan sezilarli darajada orqada qolayotganini ta’kidladi.
Kongressmen fikriga ko‘ra, AQSh o‘zining ta’lim tizimidagi jiddiy muammolarga e’tibor qaratishi lozim: “Xitoyda 1,3 milliard kishi yashaydi (Xitoy rasmiy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, bu raqam 2024 yilda 1,4 milliardni tashkil etgan), va u yerda talabalar matematikadan hamda fanlardan amerikaliklardan yuqoriroq ball olmoqda. AQShda esa 25 million o‘quvchi o‘qish, yozish va arifmetikada orqada qolmoqda” ,— dedi Okinkloss.
Shuningdek, u AQSh hukumatining xitoylik talabalar vizalarini bekor qilish qarorini ham tanqid qildi. Uning fikricha, bu mafkuraviy xilma-xillikni susaytiradi va ilmiy taraqqiyotga to‘siq bo‘ladi.
“Agar eng iqtidorli xitoylik talabalarni qabul qilsak, ular tadqiqotlarini AQShda olib boradilar. Ularni Xitoyga qaytarib yuborish orqali biz u yerda saraton davosini topishga yoki yangi raketa tizimlarini ishlab chiqishga hissa qo‘shishlariga yo‘l ochamiz”, — deya ogohlantirdi Kongress a’zosi.
Bu bayonot Xitoy tomonidan ham e’tiborsiz qolmadi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Mao Ning AQShni bunday vizaviy cheklovlar orqali mafkuraviy bosim o‘tkazishda aybladi va rasmiy norozilik bildirdi. U bu choralarni “asossiz va milliy xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lmagan” deb atadi.


