AQSH Ichki xavfsizlik departamenti immigratsiya qonunlariga ayrim noqonuniy muhojirlarning AQSHdan boshpana so‘rashini taqiqlovchi o‘zgartirishlar kiritish taklifini eʼlon qildi. “Politico” nashrining yozishicha, yangi migratsiya qoidalari 11-maydan kuchga kiradi.
Shu bilan birga, 2020-yilda COVID-19 pandemiyasining boshlanishi fonida AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati tomonidan kiritilgan 42-bo‘lim o‘z faoliyatini to‘xtatadi. U Nikaragua, Kuba va Gaitidan kelgan muhojirlarni AQSH-Meksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan taqdirda, Qo‘shma Shtatlar hududidan tez surʼatda chiqarib yuborish imkonini beradi.
Oq uy rasmiylari jurnalistlarga yangi qoidalar Tramp maʼmuriyatining immigratsiya amaliyotining davomi sifatida qaralmasligi va “katta taqiq” emasligini aytdi. Prezident Jo Bayden maʼmuriyati rasmiylariga ko‘ra, Milliy xavfsizlik departamenti takliflari janubiy chegarada tartibni taʼminlashga qaratilgan.
42-bo‘lim tomonidan mamlakatdan muhojirlarni olib chiqish uchun 2 million martadan ko‘proq foydalanilgan.


