1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh va Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Vashington endi Rossiyaning javobini kutmoqda.

AQSh va Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha kelishuvga erishdi

 

AQSh va Ukraina urushni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan kelishuv bo‘yicha murosaga kelishdi. Bu haqda Axios nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Vashington va Kiyev tinchlik rejasining deyarli barcha asosiy jihatlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Muzokaralar davomida Ukrainaga beriladigan xavfsizlik kafolatlari, shuningdek, Kiyev tomonidan ehtimoliy hududiy imtiyozlar masalasi muhokama qilingan.

 

Hozirda AQSh ma’muriyati Rossiya tomonidan mazkur yangilangan tinchlik rejasiga aniq va rasmiy javob kutmoqda. Nashrga ko‘ra, AQSh prezidenti maxsus vakili Stiv Vitkoff hamda prezidentning kuyovi Jared Kushner rejaning yangi variantini Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maxsus vakili Kirill Dmitrievga yetkazgan.

 

Vashington ushbu tashabbus Rossiya tomonidan qanday qabul qilinishiga qarab keyingi diplomatik qadamlarni belgilashni rejalashtirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика