AQSH Hindistonning Uttarakxand shtatining Auli tumanida, Xitoy bilan chegara nazorat chizig‘idan taxminan 95 km uzoqlikda bo‘lib o‘tadigan Hindistonning “Harbiy amaliyot” mashg‘ulotlarida qatnashish uchun qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirmoqda.
Ushbu hudud qariyb 3 ming metr balandlikda joylashgan bo‘lib, manevrlar davomida yuqori balandlikda jangovar harakatlar o‘tkaziladi.
AQSH Mudofaa vazirligi vakilining CNN telekanaliga aytishicha, Hindiston bilan hamkorlik erkin va ochiq Hind-Tinch okeani uchun umumiy qarashning eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi.


