Jozef Bayden maʼmuriyati Xitoyga qarshi kurash uchun rekord mablag‘ ajratadi. Bu haqda AQSH qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan shtabi boshlig‘i general Mark Milli maʼlum qildi.
“Bu byudjet bizning AQSH bilan strategik raqobatimiz jiddiyligi va strategiyasiga yo‘naltirilgan”, – degan u.
Generalning so‘zlariga ko‘ra, Pekin Vashington xavfsizligiga uzoq muddatli va geostrategik chaqiriq sanaladi.
Bundan avval Milli AQSHning Rossiya va Xitoy bilan to‘qnashuvi ehtimoliga baho bergandi.


