Unga ko‘ra, vafot etgan bemor Texasning Xarris okrugidan bo‘lib, taxminan 50 yoshli erkak bo‘lgan. U vaksina bilan emlanmagan va sog‘lig‘ida muammolarga duch kelgan.
AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazlari “Omicron” tomonidan o‘tgan haftada to‘plangan maʼlumotlarga ko‘ra, koronavirusning varianti mamlakatda dominant variantga aylanganini, yuqtirganlar 73% dan ortgani maʼlum qilindi.
Jumladan, mamlakatning janubi-sharqida va shimoli-g‘arbiy qismida yangi shtammi bilan kasallanganlar ulushi 90% dan oshgan.
Maʼlumot uchun: Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga ko‘ra, AQSHda koronavirusni yuqtirganlar soni allaqachon 51 millionga yetgan, 807,5 ming kishi vafot etgan.
Bundan tashqari, so‘nggi 4 haftada 3 milliondan ortiq odam ushbu kasallikka chalingan bo‘lib, 34,3 mingdan ortiq kishi vafot etgan. AQSH bu ikki ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallashda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koronavirusning “Omicron” shtammi Turkiyaga ham yetib borgani hamda AQSH “Omicron” shtammi tufayli qattiq choralar ko‘rishga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


