AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) xodimlari tomonidan Filadelfiyada IShID terrorchilik tashkiloti bilan aloqadorligi aniqlangan yoki gumon qilingan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi.
Ma’lum qilinishicha, 34 yoshli J.A. 18-noyabr kuni qo‘lga olingan bo‘lib, u AQSh immigratsiya organlari ro‘yxatida “eng xavfli” jinoyatchilar kategoriyasiga kiritilgan.
Hozirda ushbu shaxs Nyu-Jersi shtatidagi Elizabet kontrakt hibsxonasida saqlanmoqda. ICE ma’lumotiga ko‘ra, unga nisbatan deportatsiya jarayonlari boshlandi.
Tekshiruv doirasida fuqaroga tanqidiy baholash asosida immigratsiya huquqlari bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinishi rejalashtirilgan.


