AQShda terrorizmda gumon qilingan shaxslarni hibsga olish holatlari keskin oshgan. Xabarlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich Donald Tramp ma’muriyati davrida 655 foizga oshgan.
Amerika Ichki xavfsizlik departamenti ma’lumotlariga ko'ra, Trampning inauguratsiyasidan beri terrorizmga aloqadorlikda ayblanib 219 kishi hibsga olingan. Bu o‘tgan yilning shu davrida qayd etilgan 29 ta holat bilan solishtirganda keskin o‘sishdir.
Shuningdek, Tramp ma’muriyatining yana bir tashabbusi - prezidentning birinchi yilida AQShdan 1 million chet ellik muhojirni deportatsiya qilish rejasi. Agar bu amalga oshsa, bu raqam avvalgi yillarda qayd etilgan eng yuqori deportatsiyalar sonidan 2,5 barobar ko‘p bo‘ladi.


