Argentina Prezidenti Xavyer Miley yaqin oylarda 70 ming davlat xizmatchisini ishdan bo‘shatmoqchi.
“Biz 50 ming davlat xodimini ishdan bo‘shatgandik, ular bilan shartnomalar bekor qilindi. Biz yana 70 ming davlat xizmatchisini ishdan olamiz", – dedi u Lotin Amerikasi iqtisodchilari forumi yopilishida.
Manbalarga ko‘ra, hukumat 31 martda tugaydigan o‘n minglab “keraksiz” kelishuvlardan ham qutulmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 27 dekabrda Argentina hukumati 2023 yilda ishga qabul qilingan 5 mingdan ortiq davlat xizmatchisi bilan shartnomalarni yangilamagandi. Qolganlari 90 kun davom etgan auditdan o‘tkazildi. Ushbu chora qonuniy kvota bo‘yicha ishga qabul qilingan yoki "ish uchun muhim" deb hisoblangan xodimlarga taʼsir qilmagan.


