Argentina JCh-2022dan so'ng Amerika Kubogini ham qo'lga kiritdi. Argentinaliklar bayramni haddan tashqari oshirib yuborishdi so'n g bu dahshatli janjal bilan yakun topdi. Voqealar markazida Angliya chempionati tarixidagi eng qimmat o'yinchilardan biri, "Chelsi" yarim himoyachisi Enzo Fernandesning nomi qayd etilgan.
Kolumbiya bilan finaldan so'ng, muvaffaqiyatlarini nishonlayotgan Amerika kubogi g'oliblari JCh-2022 finalidagi raqiblari - fransuzlarni eslashdi. Va ular haqida haqoratli qo'shiq kuylashdi. Fernandes esa o'zining ijtimoiy tarmoqlarida bo'layotgan voqealarni onlayn translyatsiya qildi. Ammo keyin u tezda buni to'xtatdi. Shunga qaramay, butun dunyo Argentina terma jamoasining haqoratlarga to'la bayrami haqida ma'lumotga ega bo'lishdi.
Argentinaliklarning shov-shuvli bayramiga munosabat uzoq kutilmadi. Fransiya futbol federatsiyasi FIFAga shikoyat qilgan va xalqaro tashkilot tekshiruv boshlagan. Ayni paytda Fernandesdan xafa bo‘lgan “Chelsi”ning fransiyalik futbolchilari ijtimoiy tarmoqlarda uni kuzatishni to‘xtata boshlashdi. London klubida Fransiyadan ko'plab futbolchilar bor - bular Kristofer Nkunku, Aleks Disasi, Malo Gusteau, Benua Badiashile, Uesli Fofana, Lesli Ugochukvu, Malang Sarr. Fernandesning boshqa jamoadoshlarida ham xuddi shunday holat kuzatilgan.
Himoyachi Fofana o'zining ijtimoiy tarmog'ida shunday deb yozdi: "2024-yildagi futbol: irqchilik eng dahshatli ko'rinishda". Fofananing xabarini Fransiya terma jamoasi futbolchisi Jyul Kunde ham o'zining sahifasiga qayta joylashtirdi. "Barselona" himoyachisi buni "baxtsiz" so'zi bilan izohladi.
"Chelsi"ga tegishli bo'lgan ivuarlik hujumchi Datro Fofana o'zining fransuzcha familiyasidan faxrlanishi ta'kidladi. Shuningdek, u argentinaliklarni qoralashga chaqirib, mavzu bo'yicha post e'lon qildi: “Men sevadigan futbol bu emas. Irqchilikning barcha ko'rinishlari kuchli tarzda qoralanishi kerak. Bunday harakatlarga futbolda ham, boshqa joyda ham o'rin yo'q. Buni sport bilan shug'ullanadigan har bir kishi jiddiy qabul qilishi kerak."
Bundan tashqari, Argentina sport vaziri o‘rinbosari Xulio Garro milliy terma jamoa sardori sifatida Lionel Messidan irqchilikka oid qo‘shiq uchun uzr so‘rashni talab qildi. Biroq, keyinchalik Garroning o'zi bu so'zlarni rad etdi.
Ko'p o'tmay Fernandes fransuzlardan uzr so'radi. Enzo ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga quyidagi postni joylashtirdi.
“Milliy terma jamoa bayrami chog‘ida e’lon qilingan video uchun uzr so‘rayman. Qo'shiq juda haqoratli va buni mutlaqo oqlab bo'lmaydi. Men har qanday shaklda irqchilikka qarshiman. Qilgan ishim uchun uzr so'rayman. Bu Amerika kubogini qo'lga kiritgandagi emotsiyalar ta'sirida sodir bo'ldi. Bu video va so'zlar xarakterimni aks ettirmaydi. Chin dildan afsusdaman”.
Argentinalik yarim himoyachi, shuningdek, Londondagi barcha jamoadoshlariga xat ham jo‘natgan va ulardan ham uzr so'ragan.


