Avstriyadagi suriyaliklarning boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqish jarayoni muzlatilganligicha qolmoqda. Asad rejimi qulagandan so‘ng Yevropaning 10 davlati, jumladan, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Shvetsiya kabi suriyaliklar uchun boshpana so‘rashni to‘xtatdi.
"Avstriya vataniga qaytishni istagan suriyaliklarni 1000 yevro miqdoridagi bonus bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Mamlakat qayta tiklanish uchun hozirda o‘z fuqarolariga muhtoj", — deb yozadi Nexammer o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Kanslerning qo‘shimcha qilishicha, Avstriyada suriyaliklar tomonidan yo‘llangan boshpana bo‘yicha so‘rovlarni ko‘rib chiqish oldingidek muzatilgan.
BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2011 yili Suriyada fuqarolik urushi boshlanganida mamlakat aholisi dunyoning 130 davlatiga qochib ketgan. Ularning aksariyati Turkiya, Livan, Iordaniya, Iroq va Misrdan qo‘nim topgan, yana milliondan ortig‘i — Yevropada.


