1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ayrim o‘qituvchilarga beriladigan ustamalar miqdori maʼlum bo‘ldi

Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi brifingida maʼlumot berildi.

Ayrim o‘qituvchilarga beriladigan ustamalar miqdori maʼlum bo‘ldi

 

Qishloqlarda jismoniy tarbiya fanidan dars beruvchi ayol o‘qituvchilarga 15% ustama belgilanadi.

 

Shuningdek, boshqa hududlardan jalb qilingan pedagoglarga:

 

🔸 Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa tuman va shaharlardan kelib ishlaydigan, oliy va birinchi toifali o‘qituvchilarga —50 foiz;

 

🔸 boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib ishlaydigan oliy va birinchi toifali o‘qituvchilarga —100 foiz;

 

🔸 Olis hududlarda joylashgan maktablarda boshqa hududlardan kelib ishlayotgan pedagoglarga — ish stajidan kelib chiqib bazaviy tarif stavkalariga 10 foizidan 50 foizgacha;

 

🔸Sharoiti og‘ir va noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlarga — ish haqi summasining 10 foizidan 60 foizigacha to‘lanadi.

 

Qo‘shimcha pedagogik ishlar uchun:

 

➖ Sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarlikka — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,4 foizidan 52,8 foizigacha;

 

➖ Daftar va yozma ish tekshirganlikka — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 8,8 foizdan — 17,6 foizgacha;

 

➖ Informatika kabineti mudirligi uchun — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 17,6 foizi ;

 

🔹 Toshkent islom universitetini bitirgan pedagog xodimlarga —lavozim maoshining 20 foizida ustamalar to‘lanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика