
Unga ko‘ra, shayx Maktum bin Muhammad bin Rashid al Maktum moliya vaziri va bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, Muhammad bin Hadiy al-Husayniy moliya masalalari bo‘yicha davlat vaziri sifatida eʼlon qilindi.
Abdulla bin Sulton bin Avad al-Nuaymiy yangi adliya vaziri bo‘ldi. Shu bilan birga Maryam al-Muhayriy iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit masalalari vaziri etib tayinlandi.
Taʼkidlash lozimki, hukumat tarkibi o‘zgarishi BAAning global masalalarga befarq emasligini ko‘rsatadi. Xususan, iqlim o‘zgarishi masalasi vazirlik darajasiga ko‘tarildi. Shuningdek, hukumat tarkibida ayol kishi borligi ham eʼtiborga molik.
Bundan avval Shavkat Mirziyoyev BAA bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qilgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


