1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Banan ostiga yashirilgan kokain

Ekvador politsiyasi 8,8 tonna kokainni musodara qildi.

Banan ostiga yashirilgan kokain

 

Banan solingan idishga yashirilgan og‘irligi 8,8 tonna bo‘lgan kokain partiyasi Ekvador politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi. Yuk Belgiyaga yo‘l olgandi.

 

Rasmiylarga ko‘ra, yuk manziliga yetib borsa, giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar ularni sotishdan 330 million dollardan ko‘proq daromad olishlari mumkin edi.

 

So‘nggi yillarda Ekvador narkotik kartellarining logistika zanjirlarida Janubiy Amerikaning asosiy tranzit mamlakatlaridan biriga aylandi. Qo‘shni Peru va Kolumbiyada ishlab chiqarilgan kokain muntazam ravishda Ekvador portlaridan topiladi.

 

Birgina 2022-yilda mahalliy politsiya 200 tonnadan ortiq A toifali giyohvand moddalarni musodara qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика