1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Barselona”dan ketaman"

Xavi jiddiy qaror qabul qildi.

“Barselona”dan ketaman"

 

“Barselona” Ispaniya Superkubogi finalida “Real”dan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchraganidan keyin bosh murabbiy Xavi Ernandesga katta bosim bo‘lyapti.

 

Ispaniyalik mutaxassis Kataloniya klubi bosh murabbiyligini topshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

 

"Men bu klubga kelganimda bizdan kuchli to‘rtlikdan o‘rin olishni so‘rashgan edi. Jamoa o‘shanda chempionatni ikkinchi pog‘onada tugatdi. O‘tgan mavsum ligada g‘olib chiqish vazifasi yuklatildi va bu ish bajarildi. Bu gal jamoa muhim sovrinlar – mamlakat kubogi, La Liga chempionligi yoki Yevropa Chempionlar ligasi bosh sovrinini yutishi kerak. Agar bunga erisha olmasak, men ketaman. Biz omadszlikdan ko‘ra, muvaffaqiyatga yaqinroqmiz", - dedi Xavi Ernandes.

 

Xavi Ernandes “Barselona”ga 2021-yili taklif etilgan va klub bilan uch yillik bitim imzolagan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика