1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bayden G7 sammitida ishtirok etolmasligi mumkin

Bu AQSHdagi jiddiy moliyaviy vaziyat bilan bog‘liq.

Bayden G7 sammitida ishtirok etolmasligi mumkin

 

AQSH prezidenti Jo Bayden federal hukumat tomonidan defoltning oldini olish bo‘yicha Kongress bilan muzokaralarda muvaffaqiyatga erishmasa, Yaponiyadagi G7 sammitida qatnashish rejalasini bekor qilinishini aytdi

 

Bayden Oq uyda Palata spikeri Kevin Makkarti va boshqa kongress rahbarlari bilan uchrashganidan so‘ng, davlat qarzining chegarasi bo‘yicha davom etayotgan muzokaralar jiddiyligini taʼkidlab, 19 maydan boshlab Xirosimada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida ishtirok etish uchun safarni bekor qilishini qo‘shimcha qildi.

 

AQSH moliya vaziri Janet Yellenning aytishicha, agar Kongress 31,4 trillion dollarlik chegarani ko‘tarish yoki to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmasa, hukumat 1 iyundayoq pulsiz qolishi mumkin.

 

Bayden defoltning oldini olish mumkinligiga ishonchi komil ekanini aytdi. 12 may kuni AQSH prezidenti Kongress yetakchilari bilan navbatdagi muzokaralar o‘tkazadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика