1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bayden Ukraina masalasida boshqa davlat yetakchilari bilan necha soat muloqot qilgan?

Prezident bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Bayden Ukraina masalasida boshqa davlat yetakchilari bilan necha soat muloqot qilgan?

 

AQSH prezidenti Jozef Bayden Ukraina masalasi bo‘yicha ittifoqchilari bilan birligini saqlab qolish uchun  225 soat muloqot o‘tkazganini maʼlum qildi.

 

Prezident bu haqda Kaliforniyadagi tarafdorlari oldidagi chiqishida aytgan. U bundan ko‘zlangan maqsad Ukraina atrofidagi vaziyatda ittifoqchilarning umumiy pozitsiyasini saqlab qolishdan iborat ekanini taʼkidlagan.

 

Bundan tashqari, Bayden Pokistonni katta xavf tug‘diruvchi davlatlardan biri deb hisoblashini qayd etgan.

 

“Pokiston yadro quroliga ega tarqoq davlat”, – degan Oq uy rahbari.

 

Avvalroq Jozef Bayden Vladimir Zelenskiydan ko‘rsatilayotgan harbiy yordam masalasida nolimaslikni so‘ragandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика