1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bayram kunlari O‘zbekiston bo‘ylab “Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlari o‘tkaziladi

Tadbir davomida sanitar tozalash korxonalari tomonidan barcha hududlar qattiq maishiy chiqindilardan tozalanadi.

Bayram kunlari O‘zbekiston bo‘ylab “Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlari o‘tkaziladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan 2025 yil 20 dekabrdan 2026 yil 10 yanvargacha respublika bo‘ylab “Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlari eʼlon qilindi.

 

Mazkur tadbirlar doirasida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzurida respublika ishchi shtabi tashkil etildi. Belgilangan davr mobaynida sanitar tozalash korxonalari tomonidan barcha hududlar qattiq maishiy chiqindilardan tozalanadi.

 

Shuningdek, mahalla hududlarida tozalikka rioya etilishini taʼminlash, bayram kunlarida chiqindilar to‘planib qolishining oldini olish, chiqindilarni reja-grafikdan tashqari navbatchilik asosida o‘z vaqtida olib ketish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.

 

“Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlarining asosiy maqsadi aholining Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishiga sharoit yaratish, atrof-muhitni ozoda saqlash hamda ekologik vaziyatni yana-da yaxshilashga hissa qo‘shishdan iborat.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика