Qashqadaryoda bayroq rangidagi tasma taqqan yigit ishi bo‘yicha IIB xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati хabar berdi.
Hozirda Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan ularga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
7 may kuni Qamashi tumanidagi bozorda IIO xodimlari O‘zbekiston bayrog‘i rangidagi tasma taqqan yigitni qo‘lga olgandi. U tasmani yechishdan bosh tortgan, shundan so‘ng yigit bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, sudga taqdim etish uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Biroq shu kunning o‘zida Bosh prokuratura yigitga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qarorni bekor qilgan.
"Maʼlumot o‘rnida, qonunga zid bo‘lgan maʼmuriy qaror sud majlisida ko‘rib chiqilgunga qadar bekor qilingan", — deyiladi xabarda.


