1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Bekobodda “Real Madrid” futbol akademiyasi ochildi

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida “Real Madrid” klubining futbol akademiyasi ish boshladi.

Bekobodda “Real Madrid” futbol akademiyasi ochildi

 

 

Ushbu futbol akademiyasida barcha shart-sharoit mavjud: o‘yin maydonlari, yotoqxona, o‘quv bo‘limi va zamonaviy oshxona. U yerda 11 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 7 ta yosh toifasida futbolchilar tayyorlanadi.  Akademiyada o‘quv-mashg‘ulotlari “Real Madrid” futbol klubi anʼanalariga mos ravishda olib boriladi. Mashg‘ulotlar uchun tabiiy va sunʼiy futbol maydonlari, fitnes mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan inshootlar bunyod etilgan.

 

Mazkur akademiyaning ochilish marosimda “Real Madrid” futbol klubining afsonaviy sobiq futbolchisi Alvaro Arbeloa ishtirok etdi hamda unga qabul qilingan yosh futbolchilarga o‘z mahorat va tajribasini namoyish qildi.

 

Avvalroq Real Madrid sobiq futbolchisining O‘zbekistonga kelishi va  Iker Kasilyas Dubayda darvozabonlar tayyorlash markazini ochmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика