Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich yaqin vaqt ichida jamoani tark etishi mumkin.
Jurnalist Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, xorvatiyalik futbolchiga “Inter Mayami” qiziqmoqda. Qayd etilishicha, Modrich "Real"ni tark etishga yaqin turibdi, biroq ayni damda u bor etiborini Madrid jamoasida o'ynashga qaratgan, chunki futbolchi yana asosiy jamoa futbolchisiga aylanishni istamoqda.
Eslatib o'tamiz, Luka Modrich 2012-yilning yozida Londonning "Tottenhem" klubidan "Real"ga o'tgan edi. Bu vaqt ichida xorvatiyalik futbolchi 495 ta jamoaviy o‘yinda qatnashib, 37 ta gol urdi va 77 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


