Nobel mukofoti laureati Ales Belyaskiyga Minsk sudi 10 yil qamoq jazosi berdi.
“Vesna” huquqni himoya qilish markazi rahbari Belarus Respublikasi JKning 228 va 342 moddalari bilan “kontrabanda” va “ommaviy tadbirlar tashkillashtirish yoki o‘tkazish bilan bir necha bor tartibni buzish”da ayblanmoqda.
Belyaskiy bilan birga uning o‘rinbosari va Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro federatsiya vitse-prezident Valentin Stefanovich, “Vesna” huquqshunosi Vladimir Labkovich va markaz aʼzosi Dmitriy Solovyev ham sudlandi.
Ales Belyaskiy 2021 yil iyulida qo‘lga olingan. U o‘tgan yil hibsdaligida Rossiyaning “Memorial” va Ukrainaing “Fuqaro erkinligi markazi” bilan birga Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan edi.


