Parij Olimpiadasining navbatdagi suzish musobaqalari Leon Marchandning navbatdagi g'alabasi bilan yakunlandi. 22 yoshli fransuz sportchisi aql bovar qilmaydigan ishni amalga oshirdi: u o'zining to'rtinchi oltin medalini oldi va olti kun ichida to'rt bor Olimpiya rekordini o'rnatdi.
Olimpiada oldidan ham Marchandga katta umidlar bog'langan edi, lekin hech kim uni bu qadar yuqori natijaga erisha oladi deb o'ylamagan edi. 28-iyul kuni Leon o'zining birinchi oltin medalini oldi. 400 metrga erkin suzish orqali Maykl Felpsning 2008-yildan beri saqlanib qolgan Olimpiya rekordini bir soniyada yangiladi.
31-iyul kuni Marchand tomoshabinlarni yana hayratda qoldirdi. Kechqurun Leon ikkita finalda ham oltin medalni qo'lga kiritdi va bu jarayonda Olimpiya rekordlarini yangiladi.
Fransuz sportchisi 200 metrga batterflyay usulida suzishda eng yaxshi natijani qayd etdi, so'nggi metrlarda Kristof Milakdan katta ustunliikka erishdi. Ikki soatdan so‘ng Leon 200 metrga batterflyay usulida suzishda muammosiz zafar quchdi. Aynan shu daqiqada 22 yoshli suzuvchi tarixga kirdi. Shu tariqa Marchand Fransiya tarixidagi eng unvonli suzuvchiga aylandi. Bundan tashqari, Leon Parij-2024ning birinchi uch karra chempioniga aylandi.
Bunday yutuqlardan so'ng, 2-avgust kuni 200 metrga suzishda oltin medal fransuzga nasib etishiga hech kim shubha qilmasdi. Va shunday ham bo'ldi. Marchand ilk soniyalardanoq hisobda oldinga chiqib oldi. Avvaliga Shun Vang va Dunkan Skott u bilan raqobatlashishga harakat qilishdi, lekin ular ham sportchiga yetarlicha qarshilik qila olishmadi.
Marchand tarixda bitta Olimpiadada to‘rtta oltin medalni qo‘lga kiritgan birinchi fransuz sportchisi bo'ldi. Hatto mashhur fransuz sportchilari ham bu natijaga erisha olishmagan. Velosipedchi Pol Masson Afinada bo'lib o'tgan Olimpiadada uchta oltin medalga ega chiqqan, shuningdek, 1968-yilgi Olimpiada o'yinlaridan tog' chang'isichi Jan-Klod Killi ham aynan shunday natijani qayd etgan. Biatlonchi Martin Furkad ham 2018-yilgi Olimpiada ham uchta medalni qo‘lga kiritgan.
O'zining ajoyib natijasi uchun Leonga 320 ming yevro pul mukofoti berishi aytilgan, chunki hukumat sportchilarga har bir oltin uchun 80 ming yevro to'lashga va'da bergan. Biroq, Fransiya sportining yangi qahramoni Olimpiadadan keyin yana ko'plab bonuslar va imtiyozlarga ega bo'ladi, degan fikrlar ham bor.


