Bloger Farhod Mannonov jarrohlik amaliyotidan keyin, 5 martga o‘tar kechasi vafot etdi.
Ma’lum qilinishicha, bir necha kun oldin u basseynda suzish jarayonida boshidan jarohat olgan.
Shundan so‘ng operatsiya qilingan, ammo komaga tushib qolib, o‘ziga kelmagan.
Instagramda 1,1 mln obunachisi bo‘lgan Farhod Mannopov o‘zining samimiy vaynlari bilan ko‘plab insonlarga kulgi ulashgan, obunachilari mehrini qozongan.


