1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

BMT: Ukrainaliklar gumanitar yordam uchun 4,2 milliard dollarga muhtoj

Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024-yilda Ukrainaning 14,6 milliondan ortiq aholisi yoki mamlakat aholisining 40 foizi gumanitar yordamga muhtoj bo‘ladi.

BMT: Ukrainaliklar gumanitar yordam uchun 4,2 milliard dollarga muhtoj

 

BMT va tashkilot hamkorlari donorlardan 2024-yilda urushdan jabr ko‘rgan Ukraina aholisi, shuningdek, ukrainalik qochqinlar va ularni qabul qiluvchi mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 4,2 milliard dollar ajratishni so‘radi. Bu haqda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi va Qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi qo‘shma bayonotida aytildi.

 

Umuman olganda, gap Ukraina va Yevropa mintaqasidagi 10,8 millionga yaqin odamga yordam ko‘rsatish haqida bormoqda. Mamlakatda qolgan 8,5 million muhtoj ukrainaliklarga yordam berish uchun 3,1 milliard dollar, xorijiy davlatlardagi 2,3 million qochqin ukrainaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1,1 milliard dollar so‘ralgan.

 

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024-yilda Ukrainaning 14,6 milliondan ortiq aholisi yoki mamlakat aholisining 40 foizi gumanitar yordamga muhtoj bo‘ladi. Hozirda taxminan 6,3 million ukrainalik mamlakatni tark etib, qochqin sifatida yashamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика