1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Bokschi Muhammad Alining uyi sotuvga qo‘yildi

Unga 13,5 million dollar boshlang‘ich narx belgilangan.

Bokschi Muhammad Alining uyi sotuvga qo‘yildi

Afsonaviy bokschi Muhammad Alining uyi AQSHda kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Ko‘chmas mulk Los-Anjelesning mashhur Xankok Park mahallasida joylashgan.

 

Bokschi 1979-yildan 1984-yilgacha yashagan ushbu uy arxitektor Jon Ostin tomonidan qurilgan. U deyarli ming kvadrat metrni egallaydi va 60 gektar maydonda joylashgan. Ichkarida italyan marmar, vitray va fransuz billurlari mavjud.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, bokschining uyiga Gollivud yulduzlari va hatto AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama ham tashrif buyurgan.

 

Uyni sotish bo‘yicha onlayn savdolar 26 aprelda boshlangan va 15 mayda yakunlanadi. Boshlang‘ich narxi 13,5 million dollarni tashkil etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика