1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Boshni yuvib, ko‘chaga chiqish sog‘lik uchun xavfli

Mutaxassis buning oqibatlari haqida maʼlumot berdi.

Boshni yuvib, ko‘chaga chiqish sog‘lik uchun xavfli

Kuz kelib, havo harorati asta-sekin pasaymoqda. Baʼzi insonlar qanday sharoit bo‘lmasin, tongda iliq vanna qabul qilishni xush ko‘radi. Ayrimlar esa ertalab boshini yuvib, ishga yoki o‘qishga borishga odatlangan. Xo‘sh, bu qanchalik to‘g‘ri? Boshni quritmay ko‘chaga chiqish qanday oqibatlarga olib keladi?

 

 

— Bugungi kunda ayrim yoshlar orasida ertalab boshni yuvib, ko‘chaga chiqish odatga aylangan, — deydi mutaxassis. — Bu holatda ular sochlarni fenda quritishning o‘zi yetarli deb o‘ylaydi. Vaholanki, sochlar ildizi va uning ichki qavati 4 soatda ham qurimaydi. Qarabsizki, buning oqibatida insonda jiddiy kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

 

Jumladan, sochlar nam bo‘lganda, bosh issiqlikni juda tez yo‘qotadi. Buning natijasida undagi tomirlar torayib, sochlarning ozuqa olishi yomonlashadi va ular to‘kilishni boshlaydi. Albatta bu eng yengil oqibatdir.

 

Shuningdek, ertalab bosh yuvib, sochlarni quritmay ko‘chaga chiqish tufayli organizmning immuniteti pasayadi. Ayniqsa, kuzning salqin havosida teri namlik holatini uzoq ushlab turishi tufayli surunkali gaymorit, rinit, frontit, tonzillit va otit kabi kasalliklar qo‘zg‘aydi. Agar bunday xastaliklarga moyillik kuchli bo‘lsa, xavf yana-da ortadi.

 

Uchinchi eng jiddiy oqibatlardan biri – uch tomonlama yoki yuzning asab tugunlari nevriti hisoblanadi. Bu og‘riqli sindrom bo‘lib, uni davolash uchun uzoq vaqt talab etilishi mumkin.

 

Boshni quritmasdan ko‘chaga chiqishning eng katta xavfi esa meningit, yaʼni bosh miya va orqa miya pardalari yallig‘lanishidir. Bu — kasalliklar guruhi bo‘lib, ular virusli yoki bakterial bo‘ladi. Bunda turli infeksiyalar miya pardalariga kirib, o‘sha yerda rivojlanadi.

 

Natijada bemor kuchli bosh og‘rig‘idan shikoyat qiladi. Tana harorati tez-tez 39-40 darajaga ko‘tariladi. Eng yomoni, salqin havoda infeksiya xavfi yana-da kuchayadi. Agar o‘z vaqtida davo choralari ko‘rilmasa, oqibati yomon bo‘lishi mumkin.

 

Shu bois yuqorida tilga olingan kasalliklarga chalinmaslik uchun bosh yuvilib, sochlar fenda quritilgach, kamida ikki soatdan so‘ng, agar havo harorati juda past bo‘lsa, bosh kiyim bilan ko‘chaga chiqish maqsadga muvofiq.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика