1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Boysunda neft sizib chiqqaniga Energetika vazirligi izoh berdi

Maʼlum qilinishicha, hozirda kanalga oqqan neft suyuqliklarini tozalash ishlari olib borilmoqda.

Boysunda neft sizib chiqqaniga Energetika vazirligi izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi M25 koniga yaqin hududlarda neft sizib chiqqani aks etgan videolar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Energetika vazirligi izoh berdi.

 

Ma'lumotlarga ko'ra, 2025-yil dekabr oyining so‘nggi kunlarida Boysun tumanidagi “M-25” koni hududida tarkibida neft saqlovchi suyuqlik (neft suyuqligi) yer yuzasiga chiqishi qayd etilgan.

 

Mazkur holatni bartaraf etish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida hudud atrofida hamda soy o‘zani bo‘ylab qo‘shimcha himoya hovuzlari barpo etilgan. Yig‘ib olingan neft suyuqligi uzluksiz ravishda maxsus maydonga olib chiqilmoqda, u yerda hajmi 5 000 kub metr bo‘lgan 2 ta izolyatsiyalangan shlam hovuzi mavjud bo‘lib, neft suyuqligini xavfsiz saqlash va keyinchalik samarali foydalanish imkonini beradi.

 

“Barcha ishlar amaldagi sanoat va ekologik xavfsizlik talablariga to‘liq rioya qilgan holda olib borilmoqda. Shuningdek, neft suyuqligi namunasi bo‘yicha tahlil ishlari davom etmoqda, geologik tadqiqotlar va kanalga oqib chiqqan suyuqliklarni tozalash ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика