“Real” klubining rasmiy sayti transfer oynasi yakunlanishi arafasida hujumkor futbolchi Reynyer boshqa jamoaga o‘tganini e’lon qildi.
Xabarda ta’kidlanishicha, 22 yoshli iste’dod egasi Ispaniya Segundasida ishtirok etayotgan “Granada” jamoasiga ijaraga berib yuborilgan.
2020-yilning yanvarida Madrid klubi Reynyerni “Flamengo”dan 30 million yevroga transfer qilgandi. Biroq, bu xarid o‘zini oqlamadi. Madridliklarning asosiy tarkibiga kira olmagan o‘yinchi hozirga qadar “Borussiya Dortmund”, “Jirona”, “Frozinone”kabi klublarda ijarada o‘ynadi.


