1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Britaniyada ayollarga nafrat ekstremizm bilan tenglashtirilishi mumkin

Ekstremizmga qarshi kurash strategiyasi qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Britaniyada ayollarga nafrat ekstremizm bilan tenglashtirilishi mumkin

BBC xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniya Ichki ishlar vaziri Ivett Kuper mamlakatning ekstremizmga qarshi kurash strategiyasi qayta ko‘rib chiqilishi haqida gapirgan.

 

Britaniya Ichki ishlar vazirligi rahbari diniy va o‘ta o‘ng ekstremizmning kuchayishini, shuningdek, ayollarga nisbatan nafrat va zo‘ravonlikni qo‘llab-quvvatlovchi boshqa mafkuralarni tahlil qilish zarurligini taʼkidladi.

 

Kuper ayollarga nisbatan nafratni "o‘sib borayotgan jarayon" deb atadi. Shu bilan birga, u ekstremistik g‘oyalarga aʼzo bo‘lgan shaxslarni ro‘yxatga olish va ularga psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlat dasturini ishga tushirish rejalari haqida gapirdi. Buyuk Britaniya hukumati tuzatishlarni joriy yilning kuzida ko‘rib chiqishni boshlashi kutilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика