1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Britaniyada qirolicha bilan vidolashishga kelganlarning sog‘ligi yomonlashmoqda

Ular 16 soat navbatda turishga majbur bo‘lmoqda.

Britaniyada qirolicha bilan vidolashishga kelganlarning sog‘ligi yomonlashmoqda

 

London tez yordam xizmatiga qirolicha Yelizaveta II bilan xayrlashish uchun navbatda turgan odamlardan tinimsiz chaqiruvlar kelib tushmoqda. 

 

“The Guardian” nashrining yozishicha, 700 dan ortiq odam soatlab navbat kutish va tiqilinch oqibatida o‘zini yomon his qila boshlagan. Ularning asosiy qismiga joyida yordam ko‘rsatilgan, 81 nafar bemor kasalxonaga yotqizilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, britaniyaliklar 14-sentabrdan buyon Vestminster zalida marhum qirolicha bilan vidolashish uchun navbatda turibdi. Yelizaveta II ning dafn marosimi 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Shanba kuni ertalab Buyuk Britaniya qiroli Charlz III va valiahd shahzoda Uilyam navbatda turgan odamlar bilan suhbatlashish uchun kelib, London markazida ishlayotgan shifokorlarga ham minnatdorchilik bildirdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика