1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Bu zo‘ravonlikni oqlaydigan hech qanday sabab yo‘q — Pele

Sobiq afsonaviy futbolchi Ukrainadagi vaziyat yuzasidan Vladimir Putinga murojaat qildi.

Bu zo‘ravonlikni oqlaydigan hech qanday sabab yo‘q — Pele

 

 

Afsonaviy braziliyalik futbolchi jahon chempionatining pley-off bosqichidagi Ukraina va Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan Rossiya prezidenti nomiga yo‘llangan maktubini eʼlon qildi. Bu o‘yinda ukrainaliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.

 

“Men ushbu o‘yindan foydalanib, so‘ramoqchiman. Urushni to‘xtating. Bu zo‘ravonlikni oqlaydigan hech qanday sabab yo‘q. Ukrainaliklar, saralash o‘yinida o‘z mamlakatlarida sodir bo‘layotgan fojiani unutishga harakat qilishadi. Jahon chempionatiga chiqish qiyin vazifa. Ko‘p odamlarning hayoti xavf ostida bo‘lganda, bu deyarli imkonsiz bo‘lib qoladi. Bu urush shafqatsiz, asossiz va og‘riq, qo‘rquv, dahshat va azob-uqubatlardan boshqa hech narsa keltirmaydi. O‘tmishda tabassum bilan uchrashib, qo‘l berib ko‘rishganimizda, biz bir-birimizdan bunchalik uzoq bo‘lib ketamiz deb o‘ylamagan edim. Ushbu mojaroni to‘xtatish sizning qo‘lingizda”, — deb yozgan Pele.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика