1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bugun O‘zbekistonda bulutli havo kuzatiladi

Ayrim hududlarda tuman tushishi, kechasi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Bugun O‘zbekistonda bulutli havo kuzatiladi

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 5-dekabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. G‘arbdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4° iliq, kunduzi 9-11° iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda esayotgan shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda esayotgan shamol esadi. Harorat kechasi 2° sovuqdan 3° darajagacha, kunduzi 6° sovuqdan 11° darajagacha iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. G‘arbiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha pasayib, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

 

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim tumanlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lib, biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan gʻarbga oʻtib 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 daraja iliqdan 2 darajagacha iliq, kunduzi 6 daraja iliqdan 11 darajagacha iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir va qor) bo‘lishi mumkin, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Kunduzi va kechasi havo harorati -2° dan -3°C gacha bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика