1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda institut o‘qituvchisi pora bilan ushlandi

U fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 500 AQSH dollari so‘ragan.

Buxoroda institut o‘qituvchisi pora bilan ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti kafedra o‘qituvchisi A.A. fuqaro M.T.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali ushbu institutning “Belarus” texnika universiteti hamkorligidagi menejment yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar T.K. (muqaddam sudlangan) va A.X. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh texnologiya universitetidan o‘qishini Andijon davlat universitetiga ko‘chirib berish evaziga 3 300 AQSH dollari va 9,4 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, T.K. va A.X. tomonidan o‘z aybiga iqror bo‘lib 900 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика