1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Buyuk Britaniya AQSHni "qayta sotib olishi" kerak — Pirs Morgan

Britaniyalik jurnalist Trampning Grenlandiya haqidagi bayonotlariga kinoyali munosabat bildirdi.

Buyuk Britaniya AQSHni "qayta sotib olishi" kerak — Pirs Morgan

 

AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani Qo‘shma Shtatlar tarkibiga qo‘shish haqidagi bayonotlaridan so‘ng britaniyalik taniqli jurnalist Pirs Morgan keskin va kinoyali chiqish bilan munosabat bildirdi. U Buyuk Britaniya AQSHni “qaytarib sotib olishi” kerakligini taklif qildi. Bu haqda ria novosti nashri xabar berdi.

 

Morgan ushbu fikrini X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida eʼlon qilar ekan, Trampning Grenlandiyani milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan sotib olish rejalari mantiqsiz ekanini masxara qildi. Jurnalistning yozishicha, agar AQSH Grenlandiyani sotib olmoqchi bo‘lsa, Buyuk Britaniya ham AQSHni sotib olishga haqli.

 

“Agar siz uni bizga sotmasangiz, prezident Tramp, biz Qo‘shma Shtatlarga va bu foydali kelishuvga qarshi chiqqan har qanday davlatga tariflar joriy qilamiz. To‘g‘rimi?” — deya kinoya qildi Morgan.

 

Uning taʼkidlashicha, AQSHning Buyuk Britaniyaga qo‘shilishi Shimoliy Atlantika xavfsizligini yana-da mustahkamlashi mumkin. “Axir, u bir vaqtlar bizniki edi”, — deya qo‘shimcha qildi jurnalist.

 

Avvalroq "The Economist" nashri Trampning Grenlandiya bo‘yicha pozitsiyasiga taʼsir etuvchi omillar haqida yozib, AQSHning ayrim harbiy va geosiyosiy operatsiyalari Britaniya infratuzilmasiga bog‘liq ekanini qayd etgan edi.

 

Maʼlumot uchun, Grenlandiya Daniya qirolligi tarkibiga kiradi. AQSH prezidenti Donald Tramp esa orol Qo‘shma Shtatlar nazoratiga o‘tishi kerakligini bir necha bor taʼkidlagan. Daniya va Grenlandiya rasmiylari bu bayonotlarga keskin munosabat bildirib, hududiy yaxlitlik masalasi muhokama qilinmasligini maʼlum qilgan

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика