1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

ChatGPT bilan bog‘liq o‘z joniga qasd qilish holatlari uchun OpenAI sudga berildi

Da’vogarlar chatbot ruhiy salomatlikka zarar yetkazuvchi suhbatlarni to‘xtata olmaganini ta’kidlashmoqda.

ChatGPT bilan bog‘liq o‘z joniga qasd qilish holatlari uchun OpenAI sudga berildi

 

AQSh va Kanadadagi bir nechta oilalar sun’iy intellekt xizmatidan foydalanish oqibatida sodir bo‘lgan fojealar yuzasidan OpenAI kompaniyasiga qarshi sudga murojaat qildi. Ular kompaniyani “ChatGPT” foydalanuvchilarining o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lganlikda ayblamoqda. Mazkur da’vo bo‘yicha jami yettita sud ishi qo‘zg‘atilgan.

 

The Wall Street Journal tarqatgan xabarga ko‘ra, da’volarda to‘rt nafar shaxs – jumladan, voyaga yetmagan foydalanuvchi – o‘z joniga qasd qilgani, yana uch kishi esa sun’iy intellekt bilan uzoq muloqotdan so‘ng aqldan ozgani bildirilgan.

 

Da’vogarlar AI bilan olib borilgan “xavfli suhbatlar” psixik salomatlikka putur yetkazganini ta’kidlab, chatbot algoritmlariga bunday holatlarni erta aniqlash va avtomatik to‘xtatish bo‘yicha kuchaytirilgan himoya mexanizmlari joriy etilishini talab qilmoqda.

 

OpenAI mazkur vaziyatni “o‘ta achinarli” deya baholab, kompaniya 2024-yil oktabr oyida mental salomatlik bilan bog‘liq xavfli holatlarning oldini olish bo‘yicha xavfsizlik protokollarini yanada kuchaytirganini ma’lum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика