1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Chelsi” Pochettino bilan kelishuvga erishdi

Argentinalik murabbiy mavsum yakunlangach, “Chelsi” bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi.

“Chelsi” Pochettino bilan kelishuvga erishdi

 

“Chelsi” klubi rahbariyati va Maurisio Pochettino o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar ijoyib yakunlandi. Bu haqda “Sky Sports” nashri xabar bermoqda.

 

Manba xabariga ko‘ra, London klubi Pochettino bilan kelishuvga erishilgani haqida keyingi haftada rasman eʼlon qilishi kutilmoqda. Argentinalik murabbiy mavsum yakunlangach, “Chelsi” bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi.

 

51 yoshli mutaxassisning so‘nggi ish joyi “PSJ” klubi bo‘lib, u 2022 yilning yozida Fransiya klubi bilan xayrlashgandi. Pochettino bungacha “Tottenhem”, “Sauthempton” va “Espanyol” klublarini ham boshqargan.

 

Eslatib o‘tamiz, bir oy avval Grem Potter “Chelsi”dan isteʼfoga chiqarilgach Frenk Lempard bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Jamoa uning qo‘l ostidagi 4 o‘yinning barchasida mag‘lubiyatga uchradi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика