1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Chexiyada Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli xazina topildi

Kolleksiya taxminan 6,8 kg og‘irlikka ega.

Chexiyada Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli xazina topildi

Chexiyada, Zvichina tepaligi yaqinidagi o‘rmonda Ikkinchi jahon urushi davriga oid xazina topildi. Bu xazina 2025-yil fevral oyida ikki sayyoh tomonidan topilib, hozirda Sharqiy Bogemiya muzeyida saqlanmoqda. Topilmalar orasida oltin tangalar, bilaguzuklar, kalitli zanjirlar va tamaki xaltachalari bor.

 

Muzey xodimlarining aytishicha, jami 598 ta tanga, asosan 1800–1900-yillarga mansub bo‘lib, ular Fransiya, Avstriya-Vengriya, Belgiya va Usmonli imperiyasida zarb qilingan. Buyumlar ehtimol urush paytida atayin yashirib qo‘yilgan bo‘lib, bu kolleksiya taxminan 15 funt (6,8 kg) og‘irlikka ega.

 

Ma'lumot uchun, 1938-yilda Germaniyaning Sudetni anneksiya qilishi ortidan ko‘plab yahudiylar va nemislar Chexoslovakiyadan qochishga majbur bo‘lgan. Hozir ekspertlar topilmaning asl egasi va tarixiy kontekstini aniqlash ustida izlanishlar olib bormoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика