1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Chiqindi xizmatlarida endi faqat ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov olinadi

Onlayn tizim orqali shaffof va qulay to‘lov tartibi joriy etiladi.

Chiqindi xizmatlarida endi faqat ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov olinadi

2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lovning yangi tartibi joriy etiladi. Endi iste’molchilar faqatgina ularga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘laydilar. Ushbu o‘zgarish sanitar tozalash xizmatlari sifatini oshirish va to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan.

 

Xizmatlar uchun to‘lov jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan onlayn tizim orqali amalga oshiriladi. Bu tartib iste’molchilarga qulaylik yaratadi: bankka borish yoki navbat kutish shart emas, hisob-kitoblarni nazorat qilish osonlashadi, to‘lov cheklarini onlayn yuklab olish mumkin va xizmat ko‘rsatish jarayonida korrupsion holatlarning oldini olish imkoniyati oshadi.

 

Tushgan mablag‘lar bevosita Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining maxsus hisob raqamiga yo‘naltiriladi. Ular sanitar tozalash korxonalari, poligonlar, chiqindilarni yoqish zavodlari va ekosanoat hududlariga belgilangan tartibda, xizmat ko‘rsatish hajmi yoki tonna/kilometr hisobida taqsimlanadi.

 

Shuningdek, har oy yakuni bilan sanitar tozalash korxonalari samaradorligi baholanadi va “qizil”, “sariq” yoki “yashil” toifalarga ajratiladi. Yuqori samaradorlik ko‘rsatkichiga ega “yashil” toifadagi korxonalarga nisbatan ko‘proq haq to‘lanadi. Bu tartib xizmat sifatini oshirish, moliyaviy intizomni mustahkamlash va aholining roziligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика