1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Diyor Imomxo’jayev: "O’sha kuni maydondan chetlatilgan darvozabonni faqat qoralash to’g’ri emas"

O’zbekiston PFL bosh direktori Diyor Imomxo’jayev O’zbekiston-Iroq uchrashuvi haqida o’z fikrlarini bildirdi.

Diyor Imomxo’jayev: "O’sha  kuni  maydondan chetlatilgan darvozabonni faqat qoralash  to’g’ri emas"


Futbolda har oʻyinning oʻz tarixi bor. Biroq hamma oʻyin ham tarixiyga aylanavermaydi. Yillar oʻtsa ham muxlislar yodidan chiqmaydigan futbol uchrashuvlari sanoqli. Kapadze jamoasi Iroqni shunchaki taslim etib yarim finalga yoʻl olganida, bu uchrashuvni yana 1 yildan keyin hech kim eslamasdi ham. Biroq bu oʻyin hech kimning yodidan chiqmasligi uchun qator sabablar topildi: erta qizil, stadionning junbushga kelishi-yu otilgan toshlar, yigitlarning qahramonligi, muxlislarning 120 daqiqa fantastik qoʻllashi, penaltilar seriyasi va hokazo. Biz juda istab ham bunday oʻyinlarni sotib ololmasdik. Yigitlarda kuchli harakter shakllanib borishi uchun ham yetarlicha goʻyoki imkoniyat berilayotgandek. Shu tarafdan qaraganda oʻsha kuni maydondan chetlatilgan darvozabonni faqat qoralash toʻgʻri emas. Ha, u xato qildi va umuman kim xatolardan ixotalangan? Shunchaki posbon oʻyinga jangga kirgandek kirdi va ehtiyotkorlikni biroz yoʻqotdi. U gʻalabadan boshqasini oʻylamayotgandi, shuning uchun ham VAR yoki qandaydir takroriy lavhalar xayolida emasdi, u raqibni har qanaqasiga yanchib tashlashga tayyor edi. Axir oʻzimiz istamaganmidik mana shunday dahshatli futbolchilarimiz boʻlishini. Har qanday voqea hammamizga saboq, ishonamizki, hammamiz toʻgʻri xulosa chiqaramiz - dedi Imomxo'jayev.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика