1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Dollar yana “bo'y cho‘zish”ni boshladi

Joriy yilning dekabr oyi AQSH valyutasining o‘sishi bilan esda qoladigan bo‘ldi.

Dollar yana “bo'y cho‘zish”ni boshladi

 

Xabaringiz bor, dollar kursi 10 850 so‘mga ko‘tarilgan edi. Ikki kunlik “muvozanat”dan so‘ng AQSH puli yana o‘sishni boshladi.

 

Bu safar mazkur summaga yana +10 qo‘shildi va oqibatda kurs 10 860 so‘mga yetdi.

 

Endilikda fuqarolar “Qishloq qurilish bank”(QQB), “Xalq banki”, “Ipoteka-bank” hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ofislaridan AQSH dollarini 10 860 so‘mdan sotib olishlari mumkin.

 

Mazkur xorij pulini “maydalash” ham qisman oshgan. Masalan, “O‘zsanoatqurilishbank” ofisida 10 800 so‘mdan dollar sotib olayotgan bo‘lsa, QQB nisbatan 10 so‘m arzon, 10 790 so‘mdan sotib olishni taklif qilmoqda. Xalq banki esa bu xizmat uchun 10 750 so‘m bermoqchi.

 

“Bankomat”lar orqali sotish va sotib olishlarda ham tafovut bor.

 

“O‘zsanoatqurilishbank” “bankomat”lari valyutani 10 600 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 10 850 so‘mdan sotmoqda. “QQB” esa ATM xotirasiga 10 860 so‘m qiymatini muxlagan.

 

“Ipoteka-bank” bankomatlari boshqalarga qaraganda yuqoriroq qiymatda sotib olishni taklif qilmoqda(10 800 so‘m). Sotishi esa ofisidagi summa bilan bir xil.

 

Xullas, AQSH dollari o‘sishda davom etmoqda.

 

Avvalroq kurs yuqorilagan o‘rnida mustahkam "joylashib olgani" haqida xabar berilgandi.

 

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика