BMT oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ma'lumotlariga ko'ra, oziq-ovqat mahsulotlarining jahon narxlari iyul oyida avvalgi ikki oyda pasayganidan keyin biroz ko'tarilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, oziq-ovqat narxlari indeksi 123,9 punktgacha ko'tarilgan (iyun oyiga nisbatan 1,3 foizga o'sdi), lekin ayni paytda 2022-yil iyuliga nisbatan 11,8 foizga kamaydi. FAO mutaxassislari iyun oyigacha bo'lgan o'sishni g'alla bitimining tugatilishi va guruch savdosiga yangi cheklovlar kiritilishi bilan izohlagan.
Xususan, iyul oyida o'simlik moylari narxlari indeksining keskin o'sishi kuzatildi — 129,8 punktgacha (iyunga nisbatan 12,1 foizga ko'p) va bu yetti oylik pasayishdan keyingi birinchi o'sishdir. Oy davomida kungaboqar yog‘i narxi 15 foizdan ko‘proqqa qimmatlashdi, asosiy sabab don shartnomasining tugatilishi munosabati bilan eksport yetkazib berishdagi tushunmovchiliklar. Shuningdek, palma, soya va kolza yog'larining narxi ham yetakchi ishlab chiqaruvchi mamlakatlarda unchalik yaxshi bo'lmagan hosilning istiqbollari fonida ko'tarildi.
Bundan tashqari, iyul oyida makkajo'xori narxi pasayishda davom etdi, jo'xori narxi pasaydi, bug'doy bozoridagi vaziyat ta'sirida arpa narxi barqaror bo'lib qoldi — so'nggi to'qqiz oy ichida birinchi marta unning narxi (1,6 foizga) ko'tarildi.
Mutaxassislar ayrim ozqi-ovqat mahsulotlari narxlarining oshishini Rossiyaning don bitimidan chiqishi va Ukraina port infratuzilmasiga yetkazilgan zarar, shuningdek, Shimoliy Amerikadagi qurg'oqchilik munosabati bilan Ukrainadan eksport qilish bilan bog'liq qiyinchiliklar bilan bog'lashgan.
Qayd etilishicha, guruch narxlari indeksi iyun oyidan beri 2,8 foizga oshib, 2011-yil sentyabridan beri eng yuqori darajaga yetgan.
Shuningdek, sut, go'sht va shakar narxlarida biroz pasayish kuzatilgan.


