Rim klubi o‘zbekistonlik forvard uchun Genuya jamoasiga 17,5 million yevro to‘ladi. Bu narx osiyolik futbolchilar uchun to‘langan transferlar orasida 9-o‘rinni qayd etdi.
Hozirga qadar bu ro‘yxatning boshida yaponiyalik Syoya Nakadzima turibdi. “Portu”dan “Duhayl” klubiga o‘tgan yaponiyalik o‘yinchi uchun qatarliklar 35 million yevro to‘lagan edi.
Ikkinchi o‘rinni Son Hyon Min ishg‘ol qilib turibdi. Koreyalik o‘yinchi uchun “Tottenhem” 2015 yilda “Bayer”ga 30 million yevro to‘lagan bo‘lsa, Xidetoshi Nakata uchun “Roma” “Parma”ga 28,4 million yevro o‘tkazgan edi.
Jamshid Amirov


