1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi bolani nazoratsiz qoldirganlar 8 yilgacha qamalishi mumkin

Bu bo‘yicha qonunlarga o‘zgartirish kiritildi.

Endi bolani nazoratsiz qoldirganlar 8 yilgacha qamalishi mumkin

 

Kecha, 15-mart kuni Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.

 

Jumladan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, O‘zbekiston fuqaroligiga ega bolani ota, ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish BHMning 10 baravaridan 50 baravarigacha (3 mln so‘mdan 15 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Shunga ko‘ra, maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ko‘pi bilan 30 kunlik muddat belgilanib, sud ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs zimmasiga bolani chet davlatdan O‘zbekistonga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish majburiyatini yuklaydi.

 

Shuningdek, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish, xuddi shunday xatti-harakat uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa yoxud bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda O‘zbekistonga qaytarilishini taʼminlamaslik 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

O‘sha qilmish og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, uni sodir etgan shaxs 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Ushbu normalar mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика