1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi sudyalar faqat OAV orqali axborot beradi

Qonun loyihasining qabul qilinishi orqali sud hokimiyatining mustaqilligi to‘laqonli ta’minlanishi uchun kafolatlar yanada mustahkamlanadi.

Endi sudyalar faqat OAV orqali axborot beradi

Bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “Sudlar mustaqilligi kafolatlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida sohaga doir muhim yangiliklar o‘z ifodasini topmoqda

 

Xususan, sudlar raislarining mahalliy Kengashlarga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etishi haqidagi qoida bekor qilinmoqda. Shu munosabat bilan sudlarga har chorakda o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib borishi belgilanmoqda.

 

Qonun loyihasining qabul qilinishi orqali sud hokimiyatining mustaqilligi to‘laqonli ta’minlanishi uchun kafolatlar yanada mustahkamlanadi. Shu bilan birga, sudyalarga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday vazifalar yuklatilishining oldi olinib, jamiyatning sudlar faoliyati to‘g‘risida muntazam axborot olib borishi uchun qat’iy huquqiy asos yaratiladi.

 

Ayni paytda Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan ushbu qonun loyihasi quyi palataning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilishi uchun rejalashtirilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика