1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat / 
  4. Erdog‘an TDT sammitida nimalarni gapirdi?

06:53 / 11.11.2022

753

Erdog‘an TDT sammitida nimalarni gapirdi?

Erdog‘an TDT sammitida nimalarni gapirdi?

Prezident 9 oydan beri davom etib kelayotgan Rossiya-Ukraina mojarosiga ham to‘xtalib o‘tdi.

 

Turkiya barcha yo‘nalishlarda turkiy davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an Samarqanddagi IX Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida gapirdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, turkiy davlatlar tashkiloti uchun ayni paytdagi asosiy yo‘nalish savdo-sotiq, tarnsport va energetika sohalaridir.

 

"Mamlakatlarimiz strategik muhim yo‘llar kesishmasida joylashgan, jumladan energetika sohasida ham. Baku-Tbilisi-Jayxun neft o‘tkazgichi loyihasi global darajadagi eng muvaffaqiyatli loyihalar qatorida turadi. Biz hamkorlikdagi energetik loyihalarga alohida ahamiyat beramiz", - dedi Turkiya yetakchisi.

 

Shuningdek, mamlakat Prezidenti yaqin vaqt oralig‘ida Turkiy investitsiya fondi tuzishni tezlashtirish va ilm-fanda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

Janubiy Kavkazdagi vaziyat haqida gapira turib, Erdog‘an Anqara birodar Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va adolat uchun kurashda Bakuning yonida turishini aytdi.

 

Rajab Toyib Erdog‘an 9 oydan beri davom etib kelayotgan Rossiya-Ukraina mojarosiga ham to‘xtalib o‘tib, Anqara adolatli tinchlikka erishish yo‘li bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga urinayotganini bildirdi.

 

Turkiya Prezidenti migratsiya inqirozi masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. O‘z so‘zida u 2014 yildan beri Turkiya eng ko‘p migrant qabul qilayotgan davlat ekanini takidladi.

 

"Noqonuniy migratsiya oqimlarini to‘xtatish va uni nazorat qilishda xalqaro hamkorlik muhim deb hisoblaymiz" , - dedi u.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика