1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eron janubidagi portda kuchli portlash yuz berdi

Portlashning kuchi yer silkinishini keltirib chiqargan.

Eron janubidagi portda kuchli portlash yuz berdi

Eronning janubidagi Bandar-Abbos shahrida joylashgan Shohid Rajaeye portida kuchli portlash yuz berdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, portlash shanba kuni sodir bo‘lgan va uning kuchi yer silkinishini keltirib chiqargan, atrofdagi shahar va qishloqlarda ham eshitilgan.

 

Hormozgon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, portlash port majmuasi hududidagi maʼmuriy binoda sodir bo‘lgan. Tasnim agentligi maʼlumotiga ko‘ra, hozircha portlash sababi va hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki yetkazilgan zarar haqida rasmiy maʼlumot berilmagan.

 

Mahalliy hokimiyat organlari voqea joyida tergov ishlarini olib bormoqda. Rasmiylar hozircha voqea haqida rasmiy bayonot bermagan bo‘lsada, tekshiruv ishlari davom etayotgani aytilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика