1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Estoniya NATO sharqini kuchaytirishni taklif qildi

Bu taklifni mamlakat bosh vaziri bergan.

Estoniya NATO sharqini kuchaytirishni taklif qildi

 

Ukrainadagi vaziyat ortidan NATO sharqiy qanoti kuchaytirilishi kerak. Bu haqda Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas maʼlum qildi.

 

“Ukrainadagi voqealar NATO sharqida kuchli harbiy ishtirok shartligini ko‘rsatdi. Buning uchun alyans tiyib turishdan mudofaa holatiga o‘tishi kerak. Kuchli mudofaa o‘z navbatida tiyib turishning eng yaxshi yo‘li hisoblanadi. Bu NATO ittifoqchilariga hujum qilishga imkon qoldirmaydi”, – degan u.

 

Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, iyun oxirida bo‘lib o‘tadigan NATOning Madriddagi sammitiga Boltiqbo‘yi davlatlari yagona pozitsiya bilan boradi.

 

Avvalroq Yaponiya bosh vaziri NATO sammitida ishtirok etishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика